Kurtua: "Italiyaga qarshi o'yin mantiqsizlik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua Millatlar ligasida Frantsiya bilan kechgan yarim final uchrashuvi haqida gapirdi. Bu haqda «RMC Sport» xabar berdi.
«Biz birinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadik, ayniqsa to'pga egalik qilish borasida. Ikkinchi bo'limda ular biroz yuqoriroq bosim o'tkaza boshlashdi va biz to'p bilan ishlashda o'zimizni yo'qotdik.
Gollar sovg'a qildik. Afsus. Men gollarning takroran ko'rmadim, lekin birinchi holatda bu toifadagi futbolchilarning jarima maydonida aniq harakati tabiiy. Ikkinchi holatda esa penaltidan omadimiz kelmadi.
Biz bilardikki, Frantsiya bilan 2:0 hisobi etarli bo'lmasligi mumkin. Bizda umidsizlik hissi yo'q.
Shanba kuni Italiyaga qarshi o'yin mantiqsiz. Kimdir Millatlar Ligasida uchinchi o'rinni egallashi hech qanday ma'noga ega emas. Bu o'yin nima uchun o'tkazilishi kerakligini tushunmayapman», — dedi Kurtua.

Bosh sahifaga
509