Bugun 3 sport turida atletlarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

8 oktyabr sanasida turli mamlakatlarda 3 sport turida jamoamiz vakillari ishtirok etishadi.
Tailandda o'tayotgan voleybol bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida AGMK jamoasi musobaqaning birinchi turida mezbonlar bilan bahs olib boradi.
Shuningdek, Saudiya Arabistonida og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasida, Italiyada esa dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ham yosh sportchilarimiz bahslarga kirishadilar.
Taqvim quyidagicha:
Voleybol, OCh. 1-tur:
10:30. AGMK – “Daymond Fud” (Tailand)
Og'ir atletika
12:30. -73 kg: Diyorbek Ermatov
Dzyudo
-70 kg: Mamlakat Sultonova – Izabella Garriga (AQSh) birinchi davra
-81 kg: Nurbek Murtazoev – Eljan Hajiev (Ozarbayjon) ikkinchi davra
-90 kg: Dilshodjon Bahodirov – Amjad Fallatah (Saudiya Arabistoni) ikkinchi davra.
Bo'lajak bahslarda hamyurtlarimizga omad tilaymiz.

Bosh sahifaga
335