Desham: "Bu bizni xarakterimizning kuchliligini isbotlaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Frantsiya terma jamoasi Millatlar Ligasi pley-off bosqichining finaliga yo'l oldi. Ular kecha Belgiyaga 0:2 hisobida yutqaza turib, yakunda 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Jamoa murabbiyi Dide Deshamning aytishicha, u o'z jamoasiga o'yinni o'zgartirishga yordam bergan.
"Biz birinchi bo'limni yomon o'tkazdik, bo'shashdik, o'z darvozamizdan ikkita gol o'tkazib yubordik. Biz yangi sxema bo'yicha o'ynaymiz, ko'nikishimiz kerak, biroz vaqt kerak. Ikkinchi bo'limda sodir bo'lgan voqealar bizning xarakterimizning kuchliligini isbotlaydi. Menimcha, juda kam odam bunday stsenariyga ishongan. Final jangi? O'yin bizniki bo'ladi”, - deydi Desham L’Equipe nashriga.
Eslatib o'tamiz, turnirning final o'yinida frantsuzlarga safarda italiyaliklarni mag'lub etgan Ispaniya termasi bilan raqib bo'lishadi.

Bosh sahifaga
175