Mbappe Frantsiya terma jamoasi rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe UEFA millatlar ligasi musobaqasi doirasida Belgiyaga qarshi o'yinda ishtirok etib, bitta gol va bitta assist muallifiga aylandi.
Frantsiyalik futbolchi uchun kechagi bahs milliy jamoa safidagi 50-uchrashuv bo'ldi. Mbappe mazkur natijaga 22 yoshu 291 kunlikda erishdi hamda bunday natija qayd etgan eng yosh o'yinchiga aylandi.
Shu paytgacha rekord Karim Benzemaga tegishli edi. "Real" hujumchisi 50ta o'yinlik dovonni 24 yoshu 240 kunlikda zabt etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
367