JCh Saralash. Braziliya yana g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Braziliya JCh-2022 saralash o'yinida Venesuelani mag'lub etdi (3:1).
Uchrashuvning 11-daqiqada venesuelalik Erik Ramires hisobni ochdi. Braziliyaliklar tanaffusdan keyin Markinosning goli evaziga hisobni tenglashtirib olishdi. O'yin so'nggigacha mezbonlar safida Gabriel Barboza va Antoni bir marotabadan darvozan ishg'ol qilishdi. Yakuniy hisob - 3:1.
Braziliyaliklar saralashda to'qqiz uchrashuvda to'qqizinchi g'alabasini qo'lga kiritdi va turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. Venesuelaliklar esa so'nggi o'rinda.
Jahon chempionati-2022
Saralash turniri
Janubiy Amerika
Venesuela - Braziliya - 1: 3 (1:0)(0:3)
Gollar: 1:0 – 11 Ramires, 1:1 – 71 Markinos, 1:2 – 85, penalti Gabriel Barboza, 1:3 – 90 Antoni.
Venesuela – Graterol, Ferraresi, Ernandes, Mexias (Chanselor, 46), Rinkon (Moreno, 74), Gonsales, Martines (Kastilo, 65), Soteldo, Machis (Kordova, 74), Ramires, Penyaranda (Belo, 59).
Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Danilo (Emerson, 77), Markinos, Arana (Aleks Sandro, 90), Jerson, Fabino, Everton Ribeyro (Rafinya, 46), Lukas Paketa (Vinisius Junior, 63), Gabriel Barboza, Gabriel Jezus (Antoni, 77).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
417