Kurtua mag'lubiyat haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua UEFA Millatlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan Frantsiya terma jamoasi bilan o'yindan so'ng (2:3) o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu juda achinarli ... xafa bo'ldim, hafsalam pir bo'ldi. 2:0 hisobida oldinda borayotgan holda, Frantsiya termasi kabi kuchli raqib bo'lsa ham ustunlikni yo'qotmasligimiz kerak edi. Lekin biz buni uddalay olmadik. Tanaffusdan so'ng bo'shashdik deb ayta olmaymiz. Biz ham bor kuchimiz bilan o'ynadik. Lekin ikkinchi bo'limda natija butunlay o'zgarib ketdi", - deya so'zlarini yakunladi Kurtua.
Millatlar Ligasi finalida Frantsiya Ispaniya terma jamoasiga qarshi o'ynaydi. Uchinchi o'rin uchun bahsda Belgiya Italiyaga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Sports.ru
Bosh sahifaga
183