Sarri o'zi bilan tortishgan futbolchiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

Darvozabon Kepa Arrisabalaga "Chelsi"ni tark etishi mumkin.
Correira Del Sport nashri xabariga ko'ra, darvozabonga "Latsio" qiziqish bildirmoqda. Rimliklar, agar mavsum oxirida Tomas Strakosha jamoani erkin agent sifatida klubni tark etsa, uning o'rniga variantlarni qidirmoqda.
Sobiq "Chelsi" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri boshqarayotgan jamoa yozda inglizlar bilan Arrisabalaganing ijarasi borasida muzokara olib borgan, ammo kelishuvga erishia olmagan edi.
Italiyaliklar uchun asosiy muammolardan biri ispaniyalikning yuqori maoshidir: "Latsio" Kepa bilan shartnoma tuzish uchun uning maoshini kamida yarmini (taxminan 4 million evro) qoplashi kerak bo'ladi.
Joriy mavsumda Premer-ligada 27 yoshli Kepa bitta o'yin o'tkazdi.
Manba: Sports.ru
Bosh sahifaga
154