Klopp «Liverpul» bilan shartnomasi tugagach, murabbiylikda tanaffus qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp kelajakdagi borasidagi rejalari bilan o'rtoqlashdi. Eslatib o'tamiz, nemis mutaxassisi va «qizillar» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilgacha mo'ljallangan.
«Liverpul» dan keyin men kamida bir yil tanaffus qilmoqchiman. Endi menda bo'sh vaqt yo'q, lekin dunyoni ko'rishni xohlayman. Klub bilan yana 3 yillik shartnoma tuzdim, bu juda uzoq vaqt», - deydi Klopp Buisanfild nashriga bergan intervyusida.
Yurgen Klopp »Liverpul"ni 2015 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Germaniyalik mutaxassis bilan birgalikda jamoa Chempionlar ligasi va Angliya Premer-ligasida g'olib chiqdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
159