Pro Liga. "Neftchi" Superligaga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Bugun O'zbekiston Pro Ligasida navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
20-turning markaziy bahslaridan biri Buxoro shahrida bo'lib o'tdi. Unda mezbonlar "Nurafshon" Farg'onadan kelgan "Neftchi" jamoasini qabul qildi va yakunda yirik hisobda mag'lubiyatga uchrashdi. O'yinning yana bir muhim jihati shunda ediki, "buyuk chinorlar" uchrashuvda g'alaba qozonishsa Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritar edi va ohir-oqibat shunday ham bo'ldi. Farg'onaliklar 3 mavsumdan so'ng yana mamlakatning 1-raqamli chempionatiga qaytishdi.
Pro liga. 20-tur
"Nurafshon" — "Neftchi" 1:4
Gollar: Oybek Qilichev, 10 (0:1), Oybek Qilichev, 41 (0:2), San'at Shixov, 45 (1:2), Akmal Shorahmedov, 45+2 (1:3), Marko Obradovich, 89 (1:4)
Foydalanilmagan penalti: San'at Shixov, 66
"Nurafshon": 20.Sardor Qobuljonov, 6.Bobur Qosimov, 9.Davronbek Isoqov, 11.San'at Shixov, 16.Alisher Sanoev, 19.Tohir Maladustov, 23.Behruz Shodmonov, 27.Sardor Izzatov, 34.Hakimxon Alamxonov, 65.Marko Milich, 77.Fayzullo Jumanqo'ziev.
"Neftchi": 45.Akbar To'raev, 2.Akmal Shorahmedov, 17.Abdulloh Olimov, 18.Shavkat Mullajonov, 21.A'zam Aliev, 22.Umar Adhamzoda, 44.Darko Stanoevich, 80.Aleksandr Eshich, 90.Oybek Qilichev, 91.Marko Obradovich, 99.Ulug'bek Hoshimov.

Bosh sahifaga
171