Yanvar oyida "Inter"ni kimlar tark etishi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Hujumchi Aleksis Sanches va yarim himoyachi Arturo Vidal "Inter"ni tark etishi mumkin, deya xabar beradi La Gazette dello Sport nashri.
"Neradzurrilar" rahbariyati Sanches o'yin vaqtining etishmasligidan noroziligini ochiqchasiga bildirganidan g'azabda, shuning uchun hujumchi yanvardayoq sotilishi mumkin.
Vidal esa qishda ketishni istamayapti, chunki uning shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi. U mavsum oxirida klubni erkin agent sifatida tark etishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, chililiklar jamoaning eng ko'p maosh oladigan futbolchilari hisoblanadi: Sanches soliqlardan tashqari 7 mln evro olsa, Vidalga - 6,5 mln to'lanadi .
Manba: Sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181