«Inter» hujumchisiga Evropaning besh klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

«Inter» hujumchisi Aleksis Sanchez Evropaning beshta klubi diqqat markazida bo'lib turibdi. Biroq, Milan klubiga hali rasmiy takliflar tushgani yo'q, chunki boshqa jamoalar futbolchining yuqori maoshidan norozi, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport nashri.
Shu bilan birga, Sanchesning o'zi maoshni keskin qisqartirishga tayyor emas. Eslatib o'tamiz, Milan klubida u har mavsum uchun 7 million evro oladi.
Manbaga ko'ra, forvardga da'vogarlar orasida Frantsiyaning «Marsel» klubi, shuningdek, Ispaniyaning bir qator klublari bor: «Sevilya», «Betis», «Valensiya» va «Rayo Valekano».
32 yoshli Sanches joriy mavsum «Inter» bilan 4 o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183