APL klublari 75 million evroga baholanayotgan serbiyalik uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

Italiyaning «Fiorentina» klubi hujumchisi Dushan Vlaxovich uchun qishda kurash avj olishi taxmin qilinmoqda. «Calciomercato» nashri xabariga ko'ra, «MYu» hozirda o'z klubi bilan kelisha olmayotgan serbiyalik uchun jiddiy ov boshlagan.
21 yoshli futbolchi kelayotgan transferlar oynasida, ya'ni qishda 75 million evro(64 million funt)ga baholanishi kutilmoqda. Shuningdek, strayker uchun «shporlar» ham qiziqish bildirgan.
Klub rahbari Daniel Levi bu xarid uchun investitsiya kiritishga tayyor. Avvalroq Vlaxovich uchun «Manchester Siti» ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingan edi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
405