Ronaldu «Manchester Yunayted»ga qatgach, klub aktsiyalari narxi super darajada oshib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

Hujumchi Krishtianu Ronaldu «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga o'tganidan so'ng, ingliz klubining aktsiyalari qiymati 650 million evroga oshdi, deb xabar beradi The Sun.
Shuningdek, 36 yoshli hujumchi Ronalduning «Yuventus»dan Angliyaning «Manchester Yunayted» klubiga o'tishi unga Forbes versiyasi bo'yicha eng ko'p maosh oladigan futbolchilar ro'yxatining birinchi qatoriga ko'tarilish imkonini berdi. 2021/2022 yilgi mavsumda Ronaldu soliqlardan tashqari 106,6 mln evro ishlab olishi kutilmoqda, shundan 59,7 mln evro maoshi va qolgani «Old Trafford»ga qaytgani uchun bonuslar hisobidan beriladi.
Lionel Messi esa 93,8 mln evro bilan Ronaldudan sal ortda qolsa, uning klubdagi jamoadoshlari Neymar (81 mln evro) va Kilian Mbappe (36,7 mln evro) kuchli to'rtlikni yakunlab beradi.

Bosh sahifaga
346