APLning gigant klublari Shotlandiya terma jamoasining yosh himoyachisi uchun xaridor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

Shotlandiyaning «Reynjers» klubi himoyachisi Natan Patterson bir nechta APLning yirik klublari nazariga tushgan. Xabarlarga ko'ra, «Liverpul» 19 yoshli shotlandiyalik futbolchini o'z tarkibida ko'rishni istamoqda.
Shuningdek, Klopp jamoasi hamshahar klubi bo'lgan «Everton» o'yinchiga qiziqish bildirgan. Hatto ular yozda Patterson uchun 5 million funtlik taklif ham yuborgan, ammo rad javobi olingan. Qolaversa, «MYu» ham himoyachi uchun qishki transferlar bozorida xaridor bo'lishi mumkin.
Patterson Shotlandiya terma jamoasida iyun oyida o'z debyutini o'tkazgan edi. U hozirda Jerrard jamoasining asosiy futbolchisiga aylangan.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
373