Ispaniya terma jamoasi ustozi Gavining Italiyaga qarshi o'yiniga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Italiya ustidan qozonilgan g'alabadan keyin tarkib futbolchilariga e'tibor qaratdi. U eng yosh futbolchiga aylangan Gavini alohida ta'kidladi:
"Gavimi? U bugun xuddi o'z tomorqasida yoki maktabida to'p tepgandek o'yin o'tkazdi. U milliy jamoamizning buguni va kelajagi. Men u va u kabi yoshlarning kelajagi porloq ekaniga ishonaman".
Gavi 16 yoshda va u kechagi o'yini bilan Ispaniya tarixida eng yosh debyut qilgan futbolchiga aylandi. U "Barselona" futbolchisi hisoblanadi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
448