«PSJ» Mbappega 5 yillik shartnoma taklif qilmoqchi. Uning maoshi Neymarniki kabi bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Jurnalist Nikolo Skiraga xabariga ko'ra, «PSJ» rahbariyati jamoaning asosiy figuralaridan biri Kilian Mbappeni jangsiz yo'qotmaydi.
Eslatib o'tamiz, frantsuzning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi. OAVlarning fikricha, 22 yoshli hujumchi «Real»ga erkin agent sifatida o'tadi.
Manbaning xabar berishicha, parijliklar futbolchi uchun 5 yillik yangi shartnoma tayyorlamoqda, unga ko'ra futbolchining maoshini bir mavsum uchun 36 million evrogacha ko'tariladi. Klub Neymarga ham shuncha pul to'laydi.
Avvalroq, «Real» Mbappeni 6 yillik shartnoma va 40 million evro maosh taklif qilishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268