Suares: «Bu men uchun kutilmagan yangilik bo'ldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

«Atletiko Madrid»ning urugvaylik hujumchisi Luis Suares Antuan Grizmanni "Vanda Metropolitano"ga qaytishi haqidagi xabarga munosabati haqida gapirdi.
«Bu men uchun kutilmagan yangilik bo'ldi. Hamma narsa shunday bo'lishi mumkinligiga ishonchim komil emas edi. «Vilyarreal»ga qarshi o'yindan oldin biz shu mavzu haqida gaplashdik. Klub buni amalga oshirishga harakat qiladi, degan fikrlar bor edi.
Ikkalamiz ham ko'p narsalarni boshdan kechirdik. Biz Grizmann bilan yaxshi aloqadamiz»,- deya Luis Suaresning so'zlarini keltiradi Marca nashri.
Frantsiyalik hujumchi, «Atletiko»ga qaytganidan so'ng, Madrid klubi safida 7 o'yinda bitta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267