Lyusen Favr rus klubiga murabbiy bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

«Lokomotiv» bosh murabbiyligiga nomzodlar orasida Dortmundning «Borussiya» klubi sobiq ustozi Lyusen Favr ham bor.
Todofichajes nashrining xabariga ko'ra, shveytsariyalikni tayinlash variantini «temir yo'lchilar» sport va rivojlanish bo'limi boshlig'i Ralf Rangnik qo'llab-quvvatlamoqda.
Ma'lum qilinishicha, tomonlar muzokaralari ilg'or bosqichda.
Favr o'tgan yilning dekabr oyida Dortmundning «Borussiya» klubidan ishdan bo'shatilgan va o'shandan buyon jamoasiz qolgan.
«Lokomotiv» seshanba kuni iste'foga chiqarilgan Marko Nikolichga o'rinbosar qidirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280