Azar Frantsiyaga qarshi maydonga tushmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

Belgiya terma jamoasi ustozi Roberto Martines jamoasining kadrlar muammolarini e'lon qildi. Bugun «iblislar» Millatlar Ligasi finalida o'ynash huquqi uchun amaldagi jahon chempionlari frantsuzlar bilan bellashishlari kerak bo'ladi.
«Jamoamizning ikki futbolchisida muammo bor edi - Denaer va Torgan Azar. Jeyson to'liq tiklanishga muvaffaq bo'ldi. Afsuski, Azar bilan bunday bo'lmadi. Tibbiy bo'lim menga yarim himoyachini maydonga tushirmaslikni maslahat berdi. U tiklanishiga e'tibor qaratish kerak»,- deya UEFA Martines so'zlarini keltirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182