O'zbekistonlik hakamlar xalqaro uchrashuvlarda ishlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Jahon chempionati saralash bahslarining 3-bosqichidan o'rin olgan Iroq — Livan uchrashuvida Ilgiz Tantashev VAR hakami sifatida ishlaydi. Shuningdek, mazkur bahsda VAR texnikasi uchun mas'ullik Baxtiyorxo'ja Shavkatovga ishonib topshirilgan.
Bundan tashqari, ayni kunlarda Saudiya Arabistonining Dammam shahrida 23 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasidagi G'arbiy Osiyo futbol federatsiyalari turniri davom etmoqda. Ushbu musobaqada o'zbekistonlik mutaxassis Vlalislav Tseytlin hakamlar nazoratchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Manba: ufa.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
401