Og'ir atletika: Xusinboy Matrasulov Jahon chempionatining bronza medali sohibi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o'tkazilayotgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz o'zining ilk medalini qo'lga kiritdi. Unda hamyurtimiz Husinboy Matrasulov bronza medaliga sazovor bo'ldi.
-61 kg vazn toifasida bahs olib borgan Matrasulov dast ko'tarishda 119 kg natija ko'rsatib, mazkur yo'nalish bo'yicha uchinchi natijani qayd etdi. Hamyurtimiz siltab ko'tarishda 133 kg, ikki kurash bo'yicha esa 252 kg ko'rsatkich bilan musobaqani yakunladi.
Manba: minsport.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198