Keza hakamning qaroridan norozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

Italiyalik futbolchi Federiko Keza Italiya - Ispaniya bahsini boshqaragan rossiyalik hakam Sergey Karasevning harakatlaridan norozi. Birinchi bo'limda Karasev Leonardo Bonuchchini maydondan chetlatdi.
"Bu juda qattiq jazo. Hakam bilan kelishmovchilik uchun juda notog'ri qaror chiqardi. Bonuchchi bu uchrashuvda sardorimiz bo'ldi. Hakam xato qildi, raqib shunchaki muvozanatni yo'qotdi. Bundan tashqari, sardor izoh so'rash huquqiga ega. Men bunday xatolar xalqaro miqyosda bo'lishini kutmagan edim”, - dedi Keza.
Eslatib o'tamiz, kecha Millatlar Ligasi yarim final bahsi doirasidagi Italiya - Ispaniya bahsida hakam Bonuchchiga qizil kartochka ko'rsatib, maydondan chetlatgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
332