Ronaldu APLning 3ta klubidan ko'proq maosh oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu APLning uchta jamoasidan ko'ra ko'proq maosh oladi, deb xabar beradi Thr Sun.
Xabarlarga ko'ra, «Norvich», «Lids» va «Brentford» futbolchilarning maoshiga yiliga 29 million evrodan kam mablag' sarflaydi. Birgina Ronaldu «Manchester Yunayted»da 29,3 million evro oladi.
Bungacha Krishtianu Turinning «Yuventus» klubida o'ynagan. Angliyaning «Manchester Yunayted» klubiga qaytishi hujumchiga Forbes talqiniga ko'ra eng ko'p maosh oladigan futbolchilar orasida birinchi o'rinni egallashiga yordam berdi.
7-turdan so'ng «qizil iblislar» 14 ochko bilan APL jadvalida 4-o'rinda bormoqda. Keyingi turda «Manchester Yunayted» safarda «Lester» bilan o'ynaydi. Uchrashuv 16 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
190