«Dinamo» «Olimpik» bilan bahsda mavsumdagi eng yirik hisobli g'alabasini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

Pro liga 20-turining markaziy uchrashuvi Samarqandda «Dinamo» hamda «Olimpik» o'rtasida kechdi.
Uchrashuvda Hakim Fuzaylov shogirdlari Temur Kapadze jamoasini yirik 5:1 hisobda mag'lub etib, Superligaga yaqinlashdi. Yo'ldoshev, Ahmedov, Eminov, Hamraliev va Melievning gollariga raqib bitta goli bilan javob qaytardi.
Natijada, «Dinamo» ochkolari sonini 34taga etkazib, 2-o'rindagi o'rnini mustahkamlagan holda Superliga sari navbatdagi qadamni tashladi.
Pro liga. 20-tur
6 oktyabr (chorshanba)
«Dinamo» – «Olimpik» - 5:1
Hakam: Ilya Ilin (Buxoro)
Gollar: Shokir Yo'ldoshev 37, Ro'zimboy Ahmedov 40, Sardorbek Eminov 58, Muhammadqodir Hamraliev 72, Siroj Meliev 90+3 – Davron Anvarov, 68.
«Dinamo»: 35.Aslonbek Ahrorov, 7.Shohrux Abdurahmonov, 8.Humoyun Sherbo'taev, 10.Ro'zimboy Ahmedov (9.Timur Usmanov, 76), 15.Obid Jo'raboev, 16.Jasur Hasanov, 17.Temur Ismoilov (19.Islom Sharipov, 82), 18.Shokir Yo'ldoshev (23.Akmal Kozimov, 82), 21.Muhammadqodir Hamraliev, 22.G'olibjon Sariboev (2.Dmitro Sidorenko, 76), 77.Sardorbek Eminov (14.Siroj Meliev, 76)
«Olimpik»: 13.Hamidullo Abdunabiev, 5.Shohjahon Sultonmurodov, 9.Temur Mamasidiqov, 10.Farruhbek Muxtorov, 14.Bektemir Abdumannonov, 17.Jaloliddin Sodiqov, 23.Abdurauf Bo'riev, 24.Hamidxon Rustamxonov (77.Davron Anvarov, 46), 28.Sunnatilloh Hamidjonov, 37.Alisher Odilov, 44.Shahzod Toirov.

Bosh sahifaga
366