"Ramos o'zining haqiqiy holatini tushunishi kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

"PSJ" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino parijliklar safida hali debyut qilmagan himoyachi Serxio Ramos bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
"Jamoaga qo'shilib ketish oson emas. Balki, Ramosning hozirgi formasi bir necha yil avvalgidan farq qilar. Lekin baribir futbolchi yangi voqelikka moslashishi zarur. Endi Ramos bor kuchini eng yaxshi formasini qaytarishga e'tibor qaratish kerak. U o'zining haqiqiy holatini tushunishi shart”, - dedi Pochettino.
Eslatib o'tamiz, Ramos iyul oyida klubga kelganidan beri parijliklar safida birorta ham o'yin o'tkazmagan. Futbolchi oyog'idan jarohat olganidan so'ng individual tarzda mashg'ulot o'tkazmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
366