«Barselona» Grizmanni sotib olish uchun katta qarz olgan va yakunda...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

Sport nashri xabariga ko'ra, 2019 yilda «Barselona» frantsuz hujumchisi Antuan Grizmanni kreditga sotib olgan. Manbaning ta'kidlashicha, klub bitimni moliyalashtirish uchun investitsiya fondidan 85 million va bankdan 35 million qarz so'ragan.
Qayd etilishicha, aynan shu transfer yakunda Kataloniya klubi iqtisodini barbod qilgan.
Shuningdek, «Barselona» bosh direktori Ferran Reverter kelishuvning ba'zi tafsilotlarini aytib berdi.
«Grizmann bilan shartnoma imzolanishga qaror qilingan kechada, ular transfer uchun pul yo'qligini tushunishdi. Shoshilib, ular 85 million beradigan fondni qidirishdi», - deydi Reverter.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258