Mbappe: "Men Frantsiya terma jamoasida o'ynash uchun bir evro ham talab qilmaganman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

"PSJ" superyulduzi Kilian Mbappe agar muxlislar shundan o'zini baxtiyor sezsalar, Frantsiya terma jamoasidan ketishi mumkinligini bildirdi. Futbolchi yozdagi qit'a chempionatidan buyon tanqid ostiga olib kelinmoqda.
Uning o'zi bu haqda shunday deydi: "Men frantsuz jamoasida o'ynash uchun bir evro ham olmaganman. Men milliy jamoa uchun doimo tekinga o'ynab kelganman. Shunga qaramasdan, bu erda kimgadir muammo bo'lishni istamayman. Lekin anchadan beri ayrimlar tomonidan men jamoada muammo sifatida ko'rila boshladim. Men bir nechta haqoratomuz xabarlar qabul qildim. Shunday ekan bu meni ranjitdi. Hamma narsadan ustun narsa bu Frantsiya terma jamoasi. Agar ular mensiz baxtliroq bo'lishsa, men ketishga roziman".
Mbappe Evroda penaltidan foydalana olmay, jamoasi mag'lubiyatiga sababchi bo'lgan edi.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
238