«Inter» o'z etakchisi bilan shartnoma uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

«Inter» yarimhimoyachisi Nikolo Barella bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshladi, deb xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaning xabariga ko'ra, klub 24 yoshli italiyalik bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolash niyatida. Ma'lum bo'lishicha, «neradzurrilar» futbolchini oxirgi o'yinlaridan mamnun.
Barella «Inter»da 2019 yilning yozidan buyon o'ynaydi. 2021/22 yilgi mavsumda futbolchi jamoa tarkibida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yil iyun oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
254