«Milan» «Bryugge» futbolchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Italiya vitse-chempionlari o'z tarkibini «Bryugge» yarimhimoyachisi Noa Lang bilan kuchaytirmoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, kecha 22 yoshli gollandiyalik futbolchining agenti «rossonerilar»ning texnik direktori Paolo Maldini bilan uchrashish uchun Milan shtabiga tashrif buyurgan. Tomonlar futbolchining San-Siroga ko'chib o'tishi mumkin bo'lgan taqdirini muhokama qilishdi.
E'tiborlisi, «Bryugge» Noa Langni sotishga tayyor, biroq u uchun 40 million evroga yaqin mablag' talab qiladi. Yaratuvchi yarimhimoyachi uchun kurashda «Milan»ning asosiy raqibi - Londonning «Arsenal» jamoasi.
Joriy mavsumda Lang Belgiya klubi safida 13 ta o'yinda 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201