«Bavariya» futbolchisi bilan kelisha olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

«Bavariya» himoyachisi Niklas Zule yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida jamoani tark etishi mumkin, deb xabar beradi jurnalist Florian Plettenberg o'zining tvitterdagi sahifasida sahifasida.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi Myunxen klubi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda, lekin ular kelishuv tafsilotlari unchalik yaxshi emas. «Bavariya»ning ba'zi rahbarlari Zule bilan shartnomani uzaytirish yaxshi fikr emasligiga ta'kidlashmoqda. Futbolchining o'zi Angliya Premer-ligasi klublaridan aniq takliflar oldi.
Eslatib o'tamiz, Niklas 2017 yilda «Bavariya» futbolchisiga aylangandi. Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi Germaniya Bundesligasining 7 uchrashuvida qatnashdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198