Lautaro Martines va «Inter» yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

Lautaro Martines «Inter» bilan yangishartnoma imzolashga qaror qildi. Insayder Fabritsio Romano yozishicha, klub va futbolchi bir necha hafta ichida bitimni e'lon qiladi.
Shartnoma 2026 yilgacha tuzilgan. Futbolchining maoshi sezilarli darajada oshirilishi aytilmoqda.
Martines avvalroq «Barselona»ga o'tishni xohlayotganini yashirmagan. Shu bilan birga, kataloniyaliklar inqirozidan so'ng, futbolchi «Inter»da qolishni ma'qul ko'rdi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Lautaro A Seriyaning 6 uchrashuvida maydonga tushib, 5 gol urishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198