«Zaltsburg» «Real», «Liverpul» va «Bavariya» qiziqish bildirgan futbolchiga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

«Zaltsburg» Evropa gigantlari jamoasining eng yaxshi to'purari Karim Adeyemi xizmatlariga qiziqishi haqidagi ma'lumotlarga javob berdi.
Sky Germany portali xabariga ko'ra, Avstriya klubi 19 yoshli germaniyalik hujumchiga qiziqayotgan «Real» «Liverpul» va «Bavariya» bilan muzokara o'tkazishga tayyor. Ammo, «Zaltsburg» rahbariyati hujumchi uchun 30-40 million evro atrofida tovon puli olishni o'ylamoqda.
Eslatib o'tamiz, Karim Adeyemi joriy mavsumda «Zaltsburg» tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 2ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207