"Bavariya" himoyachisi yozda jamoani tekinga tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Himoyachi Niklas Zyule mavsum oxirida "Bavariya"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.
26 yoshli Germaniya terma jamoasi futbolchisiga APLdan takliflar bor va Myunxen klubi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar sekin kechmoqda, deya xabar beradi Sport1.de jurnalisti Florian Plettenberg.
Manbaning xabariga ko'ra, "Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Zyuleni jamoada qolishidan manfaatdor, ammo ba'zi klub rahbarlari yangi kelishuvning amalga oshishiga shubha bildirishmoqda.
Manba: Sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251