Manchini Ispaniyaga qarshi o'yin oldidan nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini UEFA Millatlar ligasi yarim finalida Ispaniyaga qarshi kechadigan o'yin haqidagi taxminlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bizda hujumda muayyan muammolar bor. Chunki jarohatlar tufayli biz Evroda safimizda bo'lgan hujumchilarni yo'qotdik. Bizda Raspadori va Kin kabi ikki yosh hujumchimiz bor. Biz ularning eng yaxshi tomonlaridan foydalanishga harakat qilamiz. Biz g'alaba qozona olamiz. Ispaniya Evro-2020da bizga qarshi eng yaxshi o'yinini o'tkazdi. Ular bizga to'pni boshqarishda juda ko'p muammolarni tug'dirishdi, lekin yakunda biz muvaffaqiyat qozondik. Biz bugun ham yuqori saviyada o'ynashimiz kerak", - dedi Manchini UEFA rasmiy saytiga.
Manba: Footbal-kulichki.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
440