Leonardo: «Real» hurmatsizlik qilishda davom etmoqda»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

«PSJ» sport direktori Leonardo hujumchi Kilian Mbappening «Real»ga o'tishi borasidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
Avvalroq "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres frantsiyalik futbolchining transferini 1 yanvarga qadar hal qilishini aytib o'tgandi.
«Bunga chek qo'yish kerak. Bu klub va Kilianga nisbatan hurmatsizlikning davomi hisoblanadi. Bunga chidab bo'lmaydi. Mbappe – «PSJ» futbolchisi. Futbolchi bilan hamkorligimiz davom etishiga umid qilyapmiz», – dedi Leonardo.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191