«Atalanta» futbolchisi ikki oyga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

«Atalanta» yarimhimoyachisi Matteo Pessina son mushaklari jiddiy shikastlangani uchun taxminan sakkiz hafta maydonga qayta olmaydi, deb xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.
Yarimhimoyachi Italiya chempionatining ettinchi turining «Milan» bilan o'yinida (2:3) jarohat oldi. Futbolchi birinchi bo'lim o'rtalarida almashtirildi.
Pessina bundan oldin Millatlar Ligasining final turniriga Italiya terma jamoasiga chaqirilgan edi.
7-turdan so'ng «Atalanta» 11 ochko bilan turnir jadvalida 8-o'rinda bormoqda. 17 oktyabr kuni Bergamo klubi «Empoli» bilan safarda bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218