«Barselona» qishda o'z futbolchisini sotib yubormoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

«Barselona» qishki transfer oynasida himoyachi Samuel Yumtiti bilan xayrlashmoqchi, deb xabar beradi Sport.es nashri.
27 yoshli frantsuz futbolchisi joriy mavsum rasmiy o'yinlarda bir daqiqa ham o'ynamadi va u klubningrejalariga kiritilmagan.
«Barsa» Samuelni yozda ketishini xohlardi, ammo futbolchi barcha takliflarni rad etdi.
«Ko'k-anorranglilar» xo'jayinlari futbolchilarning maoshi xarajatlarini qisqartirish niyatida, shuning uchun ular o'yinchidan qutulishga harakat qilishadi. Biroq, futbolchining o'zi qarorini qayta ko'rib chiqishi va ketishga rozi bo'lishi mumkin. Ma'lum bo'lishicha, frantsuzga Evropaning bir qancha klublari hamon qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206