«Manchester Yunayted» Pogbaga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

«Inter» yarimhimoyachisi Martselo Brozovichga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Calciomercato nashri. Manba bergan xabarga ko'ra, «qizil iblislar» rahbariyati xorvatiyalikni mankunianliklar bilan shartnomasini uzaytirmoqchi bo'lmagan Pol Pogbaga o'rinbosar sifatida ko'radi.
Brozovichning «neradzurrilar» bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt 28 yoshli yarim himoyachini 40 million evroga baholamoqda.
«Manchester Yunayted»dagi Donni van de Bek bilan bo'lgan vaziyat to'liq aniq emas, shuning uchun «qizillar» Brozovich bilan kelishib olishi juda muhimligi ta'kidlangan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
188