Depay: «Men bundan hech qachon afsuslanmayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

«Barselona» va Gollandiya terma jamoasi hujumchisi Memfis Depay Kataloniya klubiga o'tganidan hech qachon afsuslanmaganini aytdi.
- «Barselona»ga o'tganingizdan afsuslanmaysizmi?
- Bu haqda qanday so'rash mumkin? Bu klubning buyukligi va futbolchining bu erga kelishi nimani anglatishini hamma biladi. Men bundan hech qachon afsuslanmayman.
Biz «Barsa»dagi hozirgi vaziyatdan xabardormiz. Hamma vahimaga tushmoqda, chunki bu holat klub uchun g'ayrioddiy. Ular bu erda g'alaba qozonishga va chiroyli futbol ko'rsatishga o'rganib qolishgan. Lekin men xavotirlanmayman va hamma narsa o'zgarishiga aminman, - dedi Depay.
Eslatib o'tamiz, Depay o'tgan yozda erkin agent sifatida «Barselona» futbolchisiga aylangandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305