Etakchilar e'tiboridagi futbolchi jamoasi bilan shartnoma uzaytirishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

«Fiorentina» prezidenti Rokko Kommisso Florentsiya jamoasining etakchilaridan biri Dushan Vlahovich shartnomasini uzaytirishdan bosh tortganini aytdi.
- Biz bir necha oydan buyon u bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishishga harakat qilyapmiz. Vlahovich taklifimizni qabul qilmadi. Biz u bilan yangi muzokaralarga kirishmoqchi emasmiz, - dedi Kommisso.
Vlahovich 21 yoshda, bu mavsumda u Italiya chempionatining ettita o'yinida qatnashdi va 4 gol urib, 1 golga uzatma berdi.
Eslatib o'tamiz, serbiyalik futbolchi bilan amaldagi shartnoma 2023 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308