«Benfika» o'z futbolchisi uchun «Real Madrid» dan 150 million evro talab qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189

«Real Madrid» «Benfika»ning iqtidorli hujumchisi Darvin Nunezni ijaraga olish imkoniyatlarini o'rganmoqda. Defensa Central nashrining xabar berishicha, Portugaliya klubi «qaymoqranglilar»dan 22 yoshli futbolchi uchun 150 million evrotalab qilgan.
Madrid klubi bu summani to'lamaydi, shuning uchun klub rahbariyati futbolchini ijaraga olish haqida o'ylamoqda.
Nunezning «burgutlar» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt nashri yosh hujumchini 20 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Darvinni «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Liverpul» kabi klublari ham kuzatib borishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
313