«Barselona» sobiq futbolchisi «Real»ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

Defansa Central nashri xabariga ko'ra, «Barselona»ning 18 yoshli sobiq futbolchisi, hozirgi kunda Germaniyaning «Leyptsig»da to'p tepadigan Ilaysh Moriba yana Ispaniya La Ligasiga qaytishi mumkin.
Manbaga ko'ra, yosh yarimhimoyachi «Real» qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Futbolchining narxi 25 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Ilaysh Moriba o'tgan yili Kataloniyadan «buqalar» lageriga ko'chib o'tgan edi. Hozirgi mavsum doirasida futbolchi atigi 11 daqiqa maydonda o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
269