Vlahovich "Fiorentina" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

"Fiorentina" prezidenti Rokko Komisso Florentsiya jamoasining etakchilaridan biri Dushan Vlahovich shartnomasini uzaytirishdan bosh tortganini aytdi.
"Biz bir necha oydan buyon u bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishishga harakat qilyapmiz. Vlahovich taklifimizni qabul qilmadi. Biz u bilan yangi muzokaralarga kirishmoqchi emasmiz", - dedi Komisso.
Vlahovich 21 yoshda, bu mavsumda u Italiya chempionatining 7 o'yinida qatnashib, 4ta gol va 1 golli uzatmani hisobiga yozdirib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, serbiyalik futbolchi bilan amaldagi kelishuv 2023 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
286