«PSJ» Insine uchun harakatni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

«PSJ» yozda «Napoli» yarimhimoyachisi Lorentso Insineni sotib olmoqchi. Bu haqda frantsuz matbuoti xabar bermoqda. Futbolchining neapolliklar bilan shartnomasi 2022 yilning iyunida tugaydi.
«PSJ» Insine uchun ingliz klublari bilan raqobat qilishi kerak bo'ladi. Avvalroq, Insinening xizmatlariga «Chelsi» va «Arsenal» qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsumda Lorentso Italiya A Seriyasida 7 bahsda maydonga tushib, 2 gol urishga erishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
317