«Tottenxem» futbolchisi Shomurodovning jamoadoshi bo'lsin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

«Inter» va «Roma» klublari «Tottenxem» yarimhimoyachisi Xarri Uinksni maqsad qilib qo'ygan. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda. Futbolchining «shporlar» bilan shartnomasi 2024 yilning iyunida yakuniga etadi.
Uinks kamdan-kam hollarda «Tottenxem» tarkibida maydonga tushadi. Uning jamoadan ketish sababi ham shu. Bu mavsumda futbolchi APLda atigi 60 daqiqa o'ynadi.
Transfermarkt 25 yoshli ingliz futbolchisini 20 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214