Hakim Fuzaylov – Pro ligada oyning eng yaxshi murabbiyi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

«Dinamo» jamoasi bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov PFL tomonidan Pro liganing sentyabr oyi yakunlariga ko'ra, oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Superliga sari shaxdam qadam tashlayotgan «Dinamo» jamoasi Pro liganing sentyabr oyida o'tgan uchta tur uchrashuvida 5 sentyabr kuni safarda «Buxoro» bilan 1:1 hisobini qayd etgan bo'lsa, so'ng Samarqandda «Olimpik»ni mag'lub (1:0) etdi. So'nggi turda esa G'ijduvonda «Buxoro» ustidan 2:0 hisobidagi muhim g'alaba bilan qaytdi.
Ma'lumot uchun, «Dinamo» Pro liga 20-turidan keyin 31 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213