"Inter" futbolchisi jamoadagi faoliyatidan norozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131
"Inter" klubi hujumchisi Aleksis Sanchezning jamoadagi o'rni xavf ostida qolgan. "Mirror" nashri xabariga ko'ra, chililik futbolchi yangi mavsumda foydalanilmayotgan zahira o'yinchilari safidan joy olib qolgan.
U hozirgacha bironta liga bahsida zahiradan bo'lsa ham maydonga tushirilmadi. 32 yoshli forvard EChLda "Shahtyor"ga qarshi nursiz durangda 70 daqiqa maydonda harakat qilgan, xolos.
"Roma"dan olib kelingan Jeko uning asosiy raqobaatchisiga aylangan. Undan tashqari asosan Martinez hamda Korrealar tarkibda foydalanilmoqda.
Manba: bbc.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!