Ispaniya terma jamoasining asosiy o'yinchisi o'rni "Tottenxem" futbolchisi bilan to'ldirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119
"Tottenxem" klubi a'zosi Brayn Gil jarohatlangan Markoz Lorente o'rniga Ispaniya terma jamoasiga jalb etildi. "Atletiko" vingeri "Barselona"ga qarshi kechgan uchrashuvda o'ng oyoq son qismidan jiddiy jarohat olgan edi.
Shu sabab Luis Enrike Gilni tanlagan. Futbolchi Ispaniya libosida oltita o'yinda ishtirok etgan. U "Tottenxem"ga kelganidan buyon sakkizta bahsda maydonga tushirilgan.
Ispaniya terma jamoasi Millatlar Ligasi yarim finalida Italiyaga qarshi mehmonda bahs yuritadi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!