"Barselona"ning boshqa jamoalardan juda katta qarzi bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

Kataloniyaliklar futbolchilar transferi uchun 115 million evroni to'lashda davom etmoqda, deya xabar beradi "Marca" nashri.
"Barselona" prezidenti Joan Laporta va bosh direktor Fran Riverter klubning shu haftada o'tkazgan so'nggi audit natijalarini taqdim etishdi. O'nga ko'ra, "Barsa"ning qarzlari 28,4 foizga kamaygani xabar qilinmoqda. Biroq, Kataloniya klubining avvalgi transferlaridan hali ham katta miqdorda qarzdorligi bor.
Xususan, "ko'k-anorranglilar" Miralem Pyanichning transferi uchun "Yuventus"dan 39 million evro, "Ayaks"dan 48 million evro qarzdor: Frenki De Yong uchun 32 million, Serjino Dest uchun 16 million. Bundan tashqari, Filippe Koutino xaridi ham to'liq yopilmagan. Yana 13 million evroga yaqin summa "Liverpul"ga to'lanishi lozim.
Manba: Marca
Bosh sahifaga
508