Pyanich Kumanni tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

«Beshiktosh» tomonidan ijaraga olingan «Barselona» yarim himoyachisi Miralem Pyanich "ko'k-anorranglilar"ning muammolariga to'xtalib, bosh murabbiy Ronald Kumanni tanqid qildi.
«Hozirda «Barselona» boshidan qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Natijalar muxlislar kutgandek bo'lmayapti. Bu esa o'yinchilarga bosim o'tkazmoqda.
Ehtimol, jamoani oyoqqa turg'azadigan yaxshi lider kerakdir. «Barselona» avvalgi holatiga qaytadi, ammo buning uchun vaqt kerak.
«Barsa» hamisha jahonning eng kuchli 4-5 klublari safida bo'lgan. U yana avvalgidek kuchli bo'lishi mumkin», – dedi Pyanich.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
508